Real tajriba asosida bosilgan yo'l.
Jizzax viloyatidagi kichik qishloqda o'sdim. Xorijda tanishim yo'q edi, maslahatchim yo'q edi. Prezident maktabiga imtihon orqali kirdim.
Keyin O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo'yicha «El-yurt umidi» jamg'armasining grantini yutdim va AQSHdagi nufuzli universitetlarga qabul qilindim.
Hozir Purdue universitetida o'qiyapman — American Caldwell reytingiga ko'ra, uch yildan beri AQSHning eng tanilgan davlat universiteti. Ariza, esse, moliyaviy yordam hujjatlari: hammasini o'zim to'ldirdim. Qaysi joyda odamlar yiqilishini bilaman, chunki o'sha xatolarni o'zim qilganman.